Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida 16-modda. Oilaviy korxonaning faoliyati amalga oshiriladigan joy

Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar, shu jumladan ishlab chiqarish, xoʻjalik binolari va boshqa imoratlar oilaviy korxona faoliyati amalga oshiriladigan joydir. Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni ulardan oilaviy korxona faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun moʻljallanmagan joylarga aylantirish talab qilinmaydi, bundan faoliyatning ayrim turlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.