Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida 20-modda. Oilaviy korxonada mehnatga oid munosabatlar

Oilaviy korxona ishtirokchilarining shaxsiy mehnatini amalga oshirish shartlari ular oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi. Oilaviy korxona (ish beruvchi) va oilaviy korxonaning yollanma xodimi oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi.