Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida 8-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi

Oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oilaviy korxonaning yuqori boshqaruv organidir. Oilaviy korxona ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi: oilaviy korxonaning taʼsis shartnomasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish; oilaviy korxona boshligʻini saylash (tayinlash) va ozod qilish; oilaviy korxona faoliyatining turlarini belgilash; oilaviy korxonaning ustav fondini belgilash va uning miqdoriga oʻzgartishlar kiritish; oilaviy korxona ishtirokchilari tarkibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish va hal qilish; oilaviy korxona boshligʻining oilaviy korxona moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotini koʻrib chiqish; taʼsis shartnomasiga muvofiq oilaviy korxonaning foydasini taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish; oilaviy korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish. Oilaviy korxona ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlariga taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish ham kiritilishi mumkin.