Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 12-modda. Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish

Tahririyat roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma olinganidan keyin faoliyat boshlashi mumkin. Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan davlat organiga belgilangan tartibda muassis tomonidan topshiriladi. Arizaga taʼsis hujjatlari ilova qilinadi. Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza topshirilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida koʻrib chiqilishi shart. Ommaviy axborot vositasini chiqarishga kirishish huquqi guvohnoma olingan kundan boshlab olti oy davomida saqlanib turadi. Belgilangan muddat ichida ommaviy axborot vositasining birorta ham soni (dasturi) eʼlon qilinmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.