Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 13-modda. Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza

Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizada ommaviy axborot vositasining: 1) muassisi (muassislari); 2) nomi, qaysi tilda (tillarda) eʼlon qilinishi, manzili; 3) maqsad va vazifalari; 4) qanday doiradagi oʻquvchiga (tomoshabinga, tinglovchiga) moʻljallanganligi; 5) davriyligi, hajmi, moddiy-texnika taʼminoti hamda pul bilan taʼminlanish manbalari koʻrsatilishi kerak. Koʻrsatilgan maʼlumotlarda oʻzgarish boʻlsa, ommaviy axborot vositasi belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Oʻzgartishlar jiddiy boʻlmagan hollarda roʻyxatga oluvchi organ ommaviy axborot vositasini qayta roʻyxatdan oʻtkazish shart emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Roʻyxatga olish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun haq qonun hujjatlarida belgilanadigan tartib va miqdorlarda undiriladi.