Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 15-modda. Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olishni rad etish

Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin: 1) ommaviy axborot vositasining maqsad va vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda ushbu Qonunga zid boʻlsa; 2) bundan avval xuddu shu nomdagi ommaviy axborot vositasi roʻyxatga olingan boʻlsa; 3) ariza sudning ommaviy axborot vositasi faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganiga bir yil toʻlmay berilgan boʻlsa; 4) ommaviy axborot vositasi muassisning yoki muassislaridan birining yoxud noshirning manzili Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boʻlsa. Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda bunga asos boʻlgan sabab koʻrsatilgan holda arizachiga yozma maʼlumot yuboriladi.