Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 29-modda. Chet el ommaviy axborot vositalari vakolatxonalari va vakillarining Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati

Chet el ommaviy axborot vositalari vakolatxonalari va vakillari Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtganlaridan keyin amalga oshiradilar. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan chet el ommaviy axborot vositalari vakolatxonalari va vakillarining huquqiy maqomi va kasb faoliyatini amalga oshirish shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.