Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 9-modda. Jurnalistik tekshiruv

Tahririyat xodimi murojaatlardan yoki boshqa manbalardan oʻziga maʼlum boʻlgan yoxud oʻzi guvoh boʻlgan muayyan voqea, holat yuzasidan jurnalistik tekshiruv oʻtkazishga, faktlarni, guvohlik koʻrsatmalarini toʻplashda audio va video texnikadan foydalanishga haqli. Jurnalistik tekshiruv tergov va sud jarayoniga taʼsir oʻtkazmasligi kerak. Tahririyat xodimi muayyan voqea yoki holatga nisbatan shaxsiy fikrini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga, agar voqea yoki holat yuzasidan tergov tugamagan boʻlsa, sudning hal qiluv qarori yoki hukmi qonuniy kuchga kirganidan soʻng jurnalistik taxminlarini shaxsiy mulohaza tarzida eʼlon qilishga haqlidir.