fuqaroligi toʻgʻrisida 10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda davlat tomonidan himoya qilinishi

Xorijda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligi ostida boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning qonunchiligida, Oʻzbekiston Respublikasi va chet davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda oʻziga berilgan barcha huquqlardan, xalqaro huquqning umum tan olingan normalaridan, xalqaro urf-odatlardan toʻlaqonli foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun choralar koʻrishi shart. Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik boʻlimlari (bundan buyon matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi) ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha choralar koʻradi.