fuqaroligi toʻgʻrisida 12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqaroligiga mansubligini tan olmaslik

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet davlat fuqaroligiga mansubligi Oʻzbekiston Respublikasida tan olinmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki fuqaroligini yoʻqotganlik toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinguniga qadar bir vaqtning oʻzida chet davlat fuqaroligiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi yoki javobgarlikdan ozod etilishi mumkin emas.