Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida farzandlikka olingan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, biri chet davlat fuqarosi, boshqasi esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bolaga farzandlikka olganlarning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat berilishi mumkin.