Agar ilgari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan shaxsning fuqaroligi ushbu Qonun 25-moddasi birinchi qismining “a” va “g” bandlariga muvofiq yoʻqotilgan boʻlmasa, u Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqiga ega. Iltimosnomada Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilish sabablari koʻrsatiladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish ushbu Qonunning 19 , 37 va 38-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini bir martadan ortiq tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi.