Bila turib yolgʻon maʼlumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinganligi fakti aniqlangan taqdirda Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlariga topshiradi. Bila turib yolgʻon maʼlumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilanadi. Qaror chiqargan sud qarorning koʻchirma nusxasini Ichki ishlar vazirligiga yoki Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. Sudning qarori asosida Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.