fuqaroligi toʻgʻrisida 3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari boʻyicha davlat organiga murojaat qilgan voyaga yetgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki chet davlat fuqarosi yoxud voyaga yetgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs; bola — oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga (voyaga yetgunga) qadar boʻlgan shaxs; vatandosh — Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilgan yoki ilgari uning hududida yashagan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan shaxs va uning nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan oʻzidan keyingi qarindoshlari, basharti, agar ularning nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan oʻzidan oldingi qarindoshlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan boʻlsa hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlsa; yolgʻiz ota yoki ona — bolani tarbiyalayotgan ota (ona), basharti bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarda ota-onasidan biri haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa yoxud bunday maʼlumotlar tarbiyalayotgan otaning (onaning) soʻzlariga asosan kiritilgan boʻlsa; identifikatsiyalovchi ID-kartasi (bundan buyon matnda identifikatsiyalovchi karta deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida identifikatsiyalovchi karta egasining shaxsini va fuqaroligini, shuningdek doimiy roʻyxatga olinganligini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiga doir biografik va biometrik maʼlumotlar kiritilgan elektron jismga (chipga) ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga yoki chet davlat fuqarosiga yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxsga beriladigan hujjat; tirikchilikning qonuniy manbai — ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, tadbirkorlik faoliyatidan yoki mulkdan olingan foyda, pensiya, stipendiya, alimentlar, ijtimoiy nafaqalar, moliyaviy jamgʻarmalar yoki oila aʼzolari va boshqa shaxslarning moliyaviy yordami, shuningdek boshqa qonuniy daromadlar; fuqaroligi boʻlmagan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi hududida d