fuqaroligi toʻgʻrisida 35-modda. Ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan taqdirda bolaning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolishi

Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqayotgan boʻlsa, boshqasi esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlib qolaversa, bola Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qoladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqayotgan otasining yoki onasining iltimosnomasiga koʻra, bolaga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolgan otasining yoki onasining yozma roziligi mavjud boʻlgan taqdirda ruxsat berilishi mumkin.