fuqaroligi toʻgʻrisida 40-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish masalalariga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi

Iltimosnomani qabul qilgan ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini uch ish kuni ichida tekshiradi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi ariza beruvchidan qoʻshimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga yoxud zarur axborotni boshqa davlat organlaridan soʻrab olishga haqli. Iltimosnoma ushbu Qonunning 37 , 38 va 39-moddalarida koʻrsatilgan barcha hujjatlar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan paytdan eʼtiboran koʻrib chiqish uchun qabul qilingan deb hisoblanadi.

7-bob. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni koʻrib chiqish muddatlari va koʻrib chiqishni tugatish asoslari