Sudlarga tushuntirilsinki, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, zaruriy mudofaa yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, hatto JK 104-moddasi uchinchi qismida , 126¹-moddasi sakkizinchi qismida koʻrsatilgan aybni ogʻirlashtiruvchi belgilar mavjud boʻlgan taqdirda ham tegishlicha JK 104 , 105 , 126¹-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Bunday harakatlar, jumladan, ular ehtiyotsizlik orqasida oʻlimga sabab boʻlgan holda ham tegishlicha JK 106 , 107 , 108-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.