Koʻp miqdorda zarar yetkazish, birovning mulkini nobud qilish yoki unga shikast yetkazish bilan bogʻliq holda sodir etilgan bezorilik Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “e” bandi bilan qamrab olinadi va shuning uchun ham ushbu holatni Jinoyat kodeksining 173-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab qilinmaydi. Xuddi shuningdek, bezorilik oqibatida oʻzganing mulkiga shikast yetkazish yoki nobud qilish ancha miqdorda zarar yetkazish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishining oʻzi kifoyadir.