Ommaviy tadbirlar paytidagi bezorilik, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarish tahdidi bilan xavflidir. Ommaviy tadbir deganda, belgilangan tartibda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan tashkil etilgan rasmiy tadbir (bayram sayllari, namoyishlar, mitinglar, majlislar, saylovlar, xalq hasharlari va hokazo)lar tushuniladi.