Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 182-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning…

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 182-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning tugallanish payti har bir muayyan ish boʻyicha tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazish usulidan (bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib) kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak. Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirgan holda tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazish jinoyati tovarlar bilan bojxona chegarasini amalda kesib oʻtgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalangan holda tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazish jinoyati bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi (BK 264-moddasi ).