Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. Ota-onalik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi daʼvo bolani farzandlikka oluvchilar va…

Ota-onalik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi daʼvo bolani farzandlikka oluvchilar va bolani haqiqatda tarbiyalayotgan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi yozuvda ota-onasi tariqasida koʻrsatilmagan shaxslarga nisbatan qoʻzgʻatilishi mumkin emas. Vasiyni (homiyni) bolani tarbiyalashga vijdonan yondashmaganligi munosabati bilan oʻz vazifalarini bajarishdan chetlatish masalasi sud tomonidan emas, balki vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal qilinadi. Vasiylik (homiylik) vazifasidan chetlatilgan shaxs bolani berishdan bosh tortsa, unga nisbatan bolani olish haqida daʼvo qoʻzgʻatilishi mumkin.