Ish holatlarini, ota-onaning bolalariga munosabatlari xususiyatlarini har taraflama aniqlash maqsadida ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar, qoidaga koʻra, sud majlisida javobgarlar ishtirokida koʻrilishi lozim. Muqaddam javobgardan aliment undirilmagan va uni undirish haqidagi masala ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan birgalikda hal etilayotgan boʻlsa, sud, javobgar sud majlisiga kelishdan boʻyin tovlayotgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 180-moddasiga muvofiq, unga jarima solishga haqli. Javobgarning turish joyi noaniq boʻlgan holda, sud unga nisbatan qidiruv eʼlon qiladi.