Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 14-band. Sud Oʻzbekiston Respublikasi FPK 197-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganning manfaatlarini…

Sud Oʻzbekiston Respublikasi FPK 197-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganning manfaatlarini nazarga olib, manfaatdor shaxslarning javobgarning jamiyatda yashash qoidalarini muttasil ravishda buzib kelayotganligi va u bilan birgalikda yashash imkoniyati yoʻqligi sababli turar joyidan koʻchirish toʻgʻrisidagi daʼvosini ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan birgalikda koʻrishga haqli (Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 81-moddasi ). Bunday talab keyinchalik mustaqil daʼvo qoʻzgʻatish yoʻli bilan ham taqdim etilishi mumkinligini sudlar nazarda tutishlari lozim.