Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 15-band. Ota-ona (ulardan biri) Oila kodeksining 79-moddasiga binoan ota-onalik huquqidan…

Ota-ona (ulardan biri) Oila kodeksining 79-moddasiga binoan ota-onalik huquqidan oʻzlarining aybli xulq-atvoriga koʻra, agar ular ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa, uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻuruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, oʻquv-tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash muassasalardan olishdan bosh tortsa, ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir koʻrsatsa, muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsa, oʻz bolalarining hayoti yoki sogʻligʻiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan boʻlsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkinligi sudlarga tushuntirilsin. Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlashlik deganda — ota-onalik burchlarini uzluksiz ravishda bajarmaslik, oʻz bolalariga qanday boʻlmasin gʻamxoʻrlik qilmaslik tushuniladi. Bolalarning yoshlariga qarab ota (ona)ning har bir aniq holatdagi harakati (harakatsizligi) bola uchun uni halokatga olib keladi. Aliment toʻlashdan bosh tortganda bu fakt sudning hukmi bilan tasdiqlanishi shart emas. Aliment toʻlash, oʻz bolalarini moddiy taʼminlashdan doimiy ravishda qochishga uringanligiga ishonch hosil qilishlikning oʻzi kifoyadir. Uzrsiz sabablarga koʻra bolasini tugʻuruqxonadan va boshqa bolalarni davolash profilaktika va oʻquv-tarbiya muassasalaridan olishdan bosh tortganlik tugʻuruqxona va bolalarni davolash profilaktika va oʻquv-tarbiya muassasasi komissiyalari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim. Ota-onaning oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganliklari ularning bolalarining maʼnaviy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, taʼlimi, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorgarligi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilmaganligida namoyon boʻladi. Ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilish deganda — bu huquqlardan bol