Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 17-band. Sudning ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida bolani…

Sudning ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida bolani tarbiyalash uchun kimga: boshqa turadigan otasi yoki onasiga, vasiylik va homiylik organiga yoki u qonunda belgilangan tartibda tayinlangan boʻlsa, vasiyga (homiyga) berilayotganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Bolani boshqa turadigan otasi yoki onasiga berish mumkin boʻlmaganida yoki otasi va onasining har ikkalasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan hollarda (agarda vasiy hali tayinlanmagan boʻlsa) bola vasiylik va homiylik organining qaramogʻiga topshirilishi kerak. Bolani qarindoshlari va boshqa shaxslarning tarbiyasiga berishga, agar ular uning vasiylari yoki homiylari qilib tayinlangan boʻlsalar yoʻl qoʻyiladi. Bolani vasiylik va homiylik organlarining qaramogʻiga topshira turib, sudlar bolani joylashtirishning muayyan tartibini belgilashga haqli emaslar, chunki bu masala faqat koʻrsatilgan organlarning vakolatlariga taalluqlidir. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining nusxasi sud tomonidan vasiylik va homiylik organiga va bolaning tugʻilganligi qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga yuborilishi lozim.