Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 20-band. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 82-moddasiga muvofiq sudlar ota-onalik huquqini…

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 82-moddasiga muvofiq sudlar ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi daʼvolarni koʻrishda ota-onalarning xulq-atvori va turmush tarzi oʻzgargan-oʻzgarmaganligini, ularning bolalarini tarbiya qila olish-olmasliklarini sinchiklab tekshirishlari lozim. Ota-onalik huquqini tiklashga agar bu bolalarning manfaatlariga mos kelsa, yoʻl qoʻyiladi. Bolalar boshqa shaxslar tomonidan farzandlikka olingan va farzandlikka olish bekor qilinmagan yoki haqiqiy emas deb topilmagan boʻlsa, ota-onalik huquqini tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi.