Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 22-band. Bir qator obyektiv sabablarga ota-onaning (ulardan birining) ruhiyati buzilishi yoki…

Bir qator obyektiv sabablarga ota-onaning (ulardan birining) ruhiyati buzilishi yoki boshqa surunkali kasalligi, ogʻir sharoitning vujudga kelishi, ogʻir holatlarni boshdan kechirish va boshqalarga koʻra bolalarni ota-onasining ixtiyorida qoldirish xavfli deb topilsa, sud Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 83-moddasiga muvofiq, shu moddada koʻrsatilgan shaxs va organlarning daʼvosiga binoan, ota-onalik huquqidan mahrum qilmasdan turib ota-onadan (ulardan biridan) bolani olish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarishi (ota-onalik huquqini cheklash) va vasiylik va homiylik organining qaramogʻiga topshirishi mumkin. Ota-onalik huquqining cheklanishiga, bolani ota-onasi (ulardan biri) bilan qoldirish ularning xulq-atvori oqibatida bola uchun xavfli boʻlganda, biroq, ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun asoslar aniqlanmagan hollarda ham, yoʻl qoʻyiladi. Agar ota-ona (ulardan biri) oʻz xulq-atvorini oʻzgartirmasa, vasiylik va homiylik organi sud tomonidan ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori chiqarilgandan keyin olti oy oʻtgach, ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishi shart. Vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini eʼtiborga olib, ota-onani (ulardan birini) bu muddat oʻtmasdan turib, ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqida daʼvo taqdim etishga haqli. Ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisidagi ishlar ham prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida koʻriladi. Farzandlikka olganlardan bolalarni olish toʻgʻrisidagi masala ham, farzandlikka olishni bekor qilish uchun qonunda belgilangan asoslar mavjud boʻlmasa, shunday tartibda hal etilishi mumkin. Farzandlikka oluvchi majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan yoki oʻzining huquqlarini suiisteʼmol qilgan holatda, unga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida emas, balki Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 169-moddasiga muvofiq farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatilishi mumkin, chunki farzandlikka oluvc