Bolalarning fikrini, ularning taraflarga boʻlgan munosabatini aniqlash, tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bolalarning yashash sharoitini tekshirish vaqtida amalga oshiriladi. Ish holatlariga koʻra sud tomonidan bolani soʻrash zarur deb topilsa, bunday soʻrovni bolaning yoshini va rivojlanganligini eʼtiborga olib, pedagog ishtirokida, unga manfaatdor shaxslar taʼsir etmaydigan vaziyatda amalga oshirish lozim.