Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 31-band. Sudlar bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni tartibga soluvchi qonunlar…

Sudlar bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni tartibga soluvchi qonunlar buzilishini oldini olish uchun faol ish olib borishlari lozim. Sudlarga ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlarni, zarur hollarda, jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalari vakillarining ishtirokida, sayyor sud majlislarida koʻrish tavsiya etilsin. Sudlar ishlarni koʻrishda bolalar qarovsizligi, bolalarning manfaatlarini himoya qilish uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan oʻz vaqtida chora koʻrilmaganligi, bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning, bolalar muassasalarining va boshqa muassasalarning ishlarida muhim kamchiliklar borligi holatlarini aniqlasalar, xususiy ajrimlar chiqarib, ularning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatgan holda tegishli tashkilotlarga yuborishlari shart. Sud tomonidan ishlarni koʻrishda oʻsmirlarning qonunni buzgani aniqlansa, bu haqda bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga yoki tegishli organlarga zarur boʻlgan tarbiyaviy va ogohlantirish choralarini koʻrish uchun maʼlum qilish lozim.