Ish faoliyatining muayyan davrini hisobga olinadigan ish stajiga qoʻshish yoki qoʻshmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilish vaqtida sudlar Qonunning 37-moddasi talablaridan kelib chiqishi lozim. Xususan, ish stajiga quyidagilar qoʻshib hisoblanadi: a) 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼiy nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa; 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa, shuningdek jismoniy shaxsning 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq toʻlash tarzidagi oʻz daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq toʻlagan davr; b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qoʻshilmalarida boʻlish, davlat xavfsizligi organlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish; v) idoraviy boʻysunuvidan qatʼiy nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va togʻ-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat; g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xoʻjalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xoʻjaligidagi faoliyat: 2019-yil 1-yanvarga qadar davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda; 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda; 2020-yil 1-yanvardan — ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda. d) I guruh nogironiga yoki 18 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaga, shuningdek oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan (davolash muassasasining xulosasiga koʻra) 80 yoshga toʻlgan qariy