Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 20-moddasiga asosan, zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi. Shuni inobatga olish lozimki, soliq toʻlovchilarga ijtimoiy soliq hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek, ularning hisoblab chiqarish toʻgʻriligi uchun javobgarlik ham yuklatilgan.