Bola uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash taʼtillarida boʻlish vaqtini ish stajiga qoʻshmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilish vaqtida, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi 27-bandining “j” kichik bandi, 62-bandi talablaridan kelib chiqishi lozim boʻladi. Sudlarga tushuntirilsinki, yuqorida koʻrsatilgan Nizomga asosan, bolani parvarishlash taʼtilida boʻlish (shu jumladan, puli toʻlanadigan taʼtilda boʻlish) davri yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qoʻshilmaydi.