Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Qonunning 9 — 14-moddalari qoidalariga muvofiq xodimlarning alohida toifalariga yoshga doir pensiya yoshi kam boʻlgan, tegishli hollarda esa ish staji kam boʻlgan holda ham Qonunning 7-moddasida belgilangan tartibga muvofiq tayinlanadi. Umumiy belgilangan yoshga yetgunga qadar yoshga doir pensiya tayinlashning shartlaridan biri boʻlib, muddatidan ilgari yoshga doir pensiya belgilash uchun asos boʻladigan qonun bilan belgilangan davriylikdagi ish stajining mavjudligi hisoblanadi. Xususan, Qonunga muvofiq imtiyozli asoslarda pensiyalar yoshidan qatʼi nazar muayyan shaxslarga pensiya yoshi (10 yil, 5 yil va 1 yilga) qisqartirilgan holda, liliputlar va pakanalarga, shuningdek, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxona, muassasa, tashkilotning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga tegishli ish stajiga ega boʻlgan hollarda, pensiya yoshi 2 yilga qisqartirilgan holda, muddatidan ilgari tayinlanishi mumkin.