Imtiyozli ravishda pensiya olish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlarga asosan fuqarolarning alohida toifalari egadir. Sudlar Pensiya jamgʻarmasining imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashni rad etishi bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda, yoshidan qatʼi nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning Roʻyxatlariga asoslanishi lozim boʻladi.