Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 2-band. Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlarini koʻrishda Oʻzbekiston…

Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlarini koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qarori bilan tasdiqlangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma va ushbu sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar normalari qoʻllanishi lozim.