Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 22-band. Imtiyozli stajni hisoblashda

Imtiyozli stajni hisoblashda: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda yoshidan qatʼi nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning Roʻyxatlari; Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 12-martda 2337-son bilan roʻyxatga olingan “Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda yoshidan qatʼi nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning roʻyxatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlar asosida pensiya olish huquqini beruvchi ishlab chiqarish, korxona, ishlar, kasblar, mansablar va koʻrsatkichlarning 1, 2, 3-sonli Roʻyxatlaridan chiqarilgan kasblar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining yoshga doir imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashni rad etish, xuddi shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan boshqa imtiyozlarni chiqarish bilan bogʻliq ishlarni koʻrish va hal qilishda Fuqarolik kodeksi 4-moddasining uchinchi qismi talablariga rioya etish zarur. Ushbu Qonun normasiga koʻra, fuqarolik qonun hujjati amalga kiritilguniga qadar vujudga kelgan munosabatlar boʻyicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va majburiyatlarga nisbatan qoʻllaniladi.