Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 25-band. Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi tegishli qaror chiqarilgandan…

Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechiktirmay korxona, muassasa, tashkilot yoki ariza beruvchiga rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi koʻrsatilgan bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda barcha taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi toʻgʻrisidagi tilxat bilan fuqaro (ota-ona, qonuniy vakil)ga qaytarishi shart. Qonunning 48-moddasiga muvofiq pensiya tayinlashni rad etish haqidagi qarorga nisbatan sudga shikoyat berilishi mumkin. Pensiya tayinlashni rad etish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirishda, sud Pensiya jamgʻarmasining qarorida koʻrsatilgan asoslarni Qonun normalaridan kelib chiqqan holda, har tomonlama sinchkovlik bilan tekshirishi lozim boʻladi.