Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining…

Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq pensiyalarni tayinlash va toʻlash, shuningdek, fuqarolarning pensiya taʼminoti bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilib, ularning qarorlari, mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi yuqori turuvchi organlarining fuqarolarning pensiya taʼminoti bilan bogʻliq qarorlari, mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ham sudga shikoyat qilinishi mumkin.