Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 14-band. Hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish haqidagi jinoyat ishlari…

Hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish haqidagi jinoyat ishlari boʻyicha sudlanuvchiga tegishli jinoyat qurollari, shu jumladan, avtomashina, mototsikl va qayiqlar, agar jinoiy harakat ular yordamida amalga oshirilsa yoki sodir etilishi osonlashtirilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga muvofiq musodara qilinishi lozim. Maʼmuriy huquqbuzarlik harakatini sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilish masalasi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalariga muvofiq hal qilinishi kerak.