Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalarga asoslangan fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaslik ham, bunday holda oʻzgalar mulkini egallashda huquqqa xiloflilik belgisi boʻlmaganligi tufayli firibgarlik deb baholanishi mumkin emas, chunki mulk bitim, shartnoma boʻyicha bir tarafdan ikkinchi tarafga, jumladan taraflar uchun oʻzaro moddiy manfaatni nazarda tutuvchi muayyan shartlar bilan beriladi. Agar bitim, shartnoma shartlari bajarilmasa, qonunga koʻra (FK 2 , 9 , 24-boblari , FPK II boʻlimining 2-kichik boʻlimi , IPK 18-bobi ) buzilgan huquq faqat fuqarolik yoki iqtisodiy ish yurituvi tartibida tiklanishi mumkin boʻlib, ularda majburiyatlar ijrosini taʼminlash uchun yetarli huquqiy vositalar mavjud. Shu munosabat bilan, qonun talablariga muvofiq tuzilgan fuqarolik-huquqiy bitim, shartnoma boʻyicha jinoyat belgilari mavjud boʻlmagan barcha hollarda, nizo fuqarolik, iqtisodiy ishlar boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. Tushuntirilsinki, agar bitim, shartnoma tuzilishi paytida taraflar xohish-irodasi erkin ifoda etilgan boʻlib, uning shakliga nisbatan Fuqarolik kodeksida belgilangan quyidagi talablar bajarilgan boʻlsa, u qonun talablariga muvofiq tuzilgan hisoblanadi, yaʼni: ogʻzaki shakl — tuzilayotgan vaqtning oʻzidayoq bajariladigan (jeton, patta, kvitansiya va h.k. olish paytida) bitim, hadya shartnomasi yoki fuqarolar oʻrtasida tuziladigan qarz shartnomasi (agar shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlmasa) tuzilayotganda; oddiy yozma shakl (tilxat, xat, hujjatlar va h.k.) — quyidagi shartnomalar: garov, kafillik, zakalat, mahsulot yetkazib berish, energiya taʼminoti, koʻchmas mulkni sotish, hadya (agar hadya beruvchi yuridik shaxs boʻlsa yoki shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlsa), mulk ijarasi (agar taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa), pro