Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. Agar qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalar yuzasidan nizoni sudda…

Agar qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalar yuzasidan nizoni sudda koʻrish natijalari boʻyicha taraflardan birida oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritishga nisbatan qasd mulkni yoki unga boʻlgan huquqni egallashdan oldinroq paydo boʻlganligi aniqlansa, sud bu haqda jinoyat alomatlari bor yoki yoʻqligini aniqlash uchun prokuratura idoralariga xabar qilishi lozim.