Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalardan kelib chiqadigan arizalar…

Qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalardan kelib chiqadigan arizalar sudni chetlab tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlariga tushganda, ular JPK 329-330-moddalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqilishi va jinoyat belgilari mavjud boʻlmagan taqdirda, manfaatdor shaxslarga nizo fuqarolik (iqtisodiy) sud ishi yurituvi tartibida hal etilishi zarurligi tushuntirilishi lozim. Shuni nazarda tutish lozimki, sudning aynan bir masala boʻyicha fuqarolik, iqtisodiy sud ishi yuritish tartibida chiqarilib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorining mavjudligi, JK 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishiga va uning jinoyat sudlov ishini yuritish tartibida koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi. Tushuntirilsinki, yuqoridagi holatlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hollarda muqaddam sud qarori bilan undirilishi belgilangan kredit foizi, penya, boy berilgan foyda va boshqa turdagi undiruvlar ayblov mazmuniga kiritilmasligi lozim.