Shuni taʼkidlash joizki, qonunga koʻra fuqarolar mulkini firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj miqdoridan qatʼiy nazar kelib chiqadi. Ayni paytda, talon-toroj miqdori bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan har bir holda, basharti sodir qilingan jinoyat ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar toifasiga kirsa, surishtiruv, tergov organlari va sudlar ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsiga va moddiy zarar qoplanishiga oid maʼlumotlarni inobatga olgan holda JK 65 , 66 , 70 , 71-moddalarini qoʻllash masalasini muhokama etishlari shart.