Firibgarlik natijasida olingan, shuningdek ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan jabrlanuvchiga tegishli pul va boshqa qimmatliklar JPK 211-moddasi 4-bandiga kura, oʻz egasiga qaytarib berilishi lozim, pul va boshqa qimmatliklar ular egasining tashabbusi bilan, bila turib, pora predmeti sifatida berilgan hollar bundan mustasno. Pul va boshqa qimmatliklar topilmagan hollarda ularning summasi yoki pul birligidagi qiymati sud tomonidan jabrlanuvchi yoki davlat foydasiga undiriladi.