JPK 415-moddasiga muvofiq sud ayblovni oʻzgartirishi va sudlanuvchining harakatlarini JK boshqa moddasi (qismi, bandi)ga kvalifikatsiya qilishga, shuningdek, jinoyatning ayrim (sudlanuvchining aybiga kiritilgan harakatlardan) epizodlarini sudlanuvchiga ayb eʼlon qilinmagan JK moddasiga kvalifikatsiya qilishga haqli. Shundan kelib chiqib, firibgarlik oʻzganing mulkini talon-toroj qilish shakllaridan biri ekanligini inobatga olib, sud aybdorning harakatlarini JK 168-moddasidan JK 167-moddasiga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.