Sudlar qonunda belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishgan shaxslarga nisbatan qonunga xilof ravishda firibgarlik toʻgʻrisida jinoyat ishi qoʻzgʻatish amaliyotiga barham berish yuzasidan choralar koʻrishlari lozim. Shu maqsadda nizolashayotgan taraflar orasida kelib chiqqan haqiqiy munosabatlar xususiyati sinchkovlik bilan aniqlanishi lozim boʻlib, bu aybsiz shaxslar qonunga zid ravishda sudlanishi hollariga chek qoʻyilishiga olib keladi. Ish boʻyicha shaxs qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi fakti aniqlangan holda sud bunga tegishli munosabat bildirib, jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarishi kerak.