Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. Mulkni egallashga qaratilgan firibgarlik, mazkur mulk aybdor yoki boshqa shaxslarning…

Mulkni egallashga qaratilgan firibgarlik, mazkur mulk aybdor yoki boshqa shaxslarning gʻayriqonuniy egaligiga oʻtgan va ular undan xohlagan tarzda foydalanish yoki tasarruf etish real imkoniyatiga ega boʻlgan paytdan tugallangan deb topiladi. Qonunga koʻra, shaxs bankdagi pul mablagʻlarini ular uning bankdagi hisob varaqasiga kelib tushgan (oʻtkazilgan) paytdan boshlab real tasarruf qilish imkoniyatiga ega boʻlganligi tufayli, jinoyat bu mablagʻlar ularni mablagʻ egasi hisob varaqasidan aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan olgan shaxsning yoki boshqa shaxsning bankdagi hisob varaqasiga oʻtkazilgan paytdan tugallangan deb topish lozim. Oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni egallashga qaratilgan firibgarlik, aybdorda oʻzganing mulkiga egalik qilish yoki tasarruf etish uchun yuridik jihatdan tasdiqlangan imkoniyat paydo boʻlgan paytdan (masalan, koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi yoki qonunga muvofiq roʻyxatga olinishi shart boʻlgan boshqa mulkka nisbatan huquq roʻyxatga olingan paytdan; shartnoma tuzilgan vaqtdan; mulkka nisbatan shaxsning huquqi tan olingan sud qarori kuchga kirgan kundan; vakolatli davlat organi aybdorda yoki boshqa shaxslarda mulkka nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish uchun asoslar mavjudligi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan) tugallangan hisoblanadi.