Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, banklar va boshqa kredit muassasalaridan onlayn shaklda kredit (mikroqarz) mablagʻlarini olish maqsadida aldov yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli orqali oʻzga shaxsga tegishli boʻlgan maxsus identifikatsiya talab qiluvchi texnik vositalar (kompyuter, noutbuk, telefon, planshet va h.k)ning maxsus kodlaridan yoki oʻzga shaxsning “elektron raqamli imzo”laridan foydalanib, pul mablagʻlari ajratilishiga va kelgusida ushbu pul mablagʻlaridan erkin foydalanish imkoniyatini beruvchi hisob-raqamlarga oʻtkazilishiga erishganlik holatlari firibgarlik sifatida baholanishi lozim.