Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida 10-band. Tegishli ekspertiza tayinlashda, ishning murakkabligi, oʻziga xosligi va lozim boʻlgan…

Tegishli ekspertiza tayinlashda, ishning murakkabligi, oʻziga xosligi va lozim boʻlgan ekspert tekshiruvi xarakteridan kelib chiqib, sudlar tekshiruv obyektlarini rasmiylashtirish va ekspertga taqdim etish tartibiga aniq rioya etishlari lozim. Xususan, sud-xatshunoslik ekspertizasi boʻyicha ekspertning ixtiyoriga tegishli tekshiruv obyektlarini yuborishda bevosita sud tomonidan eksperimental nusxalar olinishiga yoʻl qoʻyiladi. Mazkur eksperimental yozuv va imzo nusxalarini talab qilib olish, shuningdek ekspert oʻrganayotgan obyektni koʻzdan kechirish taraflar albatta xabardor qilingan holda ularning ishtirokida oʻtkaziladi va bayonnoma tuziladi. Lekin tegishli tarzda xabardor qilingan tarafning hozir boʻlmaganligi mazkur protsessual harakatning amalga oshirilishiga monelik qilmaydi. Ekspert ixtiyoriga yuborish uchun olingan eksperimental nusxalarning haqiqiyligi uchun ishni koʻruvchi sudya masʼuldir.