Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida 18-band. Kompleks ekspertiza u yoki bu holatlarni alohida ekspertiza oʻtkazish orqali aniqlash…

Kompleks ekspertiza u yoki bu holatlarni alohida ekspertiza oʻtkazish orqali aniqlash mumkin boʻlmagan, yoxud u bir ekspert mutaxassisligining eksperti yoki ekspertlar komissiyasining vakolati doirasidan chiqqanida sud tomonidan tayinlanadi. Kompleks ekspertiza oʻtkazilayotgan vaqtda har bir ekspert tekshiruvni oʻz vakolati doirasida oʻtkazishi lozim. Xulosada har bir ekspert qanday hajmda qanaqa tadqiqotlar oʻtkazganligi, u shaxsan qanday faktlarni aniqlaganligi va qanday xulosaga kelganligi koʻrsatilishi lozim. Har bir ekspert xulosaning oʻzi tekshiruv oʻtkazgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Bunda ekspertlar birgalikda xulosa tuzish huquqiga ham ega.